Xorazm viloyati, Yangibozor tumani Bog'olon mahallasi, O'rikzor ko'chasi 5-uy

blog

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan, o'z ustida doimiy ishlaydigan, o'zining o'qitish uslubiga ega bo'lgan o'qituvchilarni yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazir jamg'armasidan har oylik ustama to'lanadigan malakali pedagoglarni saralash jarayonlari bo'lib o'tdi. Bir necha bosqichda o'tkazilgan sinovlarda Yangibozor tumani 14-son umumiy o'rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Ramatullayeva Dilovar Gulimmatovna yuqori ball to'plab Vazir jamg'armasidan to'lanadigan ustama olish huquqiga ega bo'ldi. Endilikda 9 oy davomida (2023-yil aprel-dekabr oylari) mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 5,5 baravari miqdorida (5 mln so'm)har oylik ustama oladi. 

Maktab ma'muriyati va barcha xodimlari D.Ramatullayevani ushbu yutug'i bilan tabriklaydi va kelgusidagi ish faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi va o'quvchilarimizning kelgusidagi Vatanimiz ravnaqiga hissa qo'shishiga munosib insonlar bo'lib kamolga yetishida yanada ko'proq hissa qo'shishiga umid bildiramiz.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangibozor tumani Bog'olon mahallasi, O'rikzor ko'chasi 5-uy
  • +998 (93) 758-50-27
  • info@yangibozor14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Март 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Maktab manzili