
O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi kubogi uchun vatanparvar harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi o'tkazildi. Unda Yangibozor tumani 14-son umumiy o'rta ta'lim maktabining "Vatanparvar" jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok qildi. Yoshlarni ham jismonan, ham ma'nan yetuk, buyuk ajdodlarimizga munosib etib tarbiyalashda, ularning Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg'ularini yanada oshirishda bu kabi musobaqalar muhim ahamiyatga egadir.