
Maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o'qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi
2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o'qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.
2023/2024-o'quv yilidan o'qituvchilar stajyor-o'qituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.
Bu haqda “Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmonida nazarda tutilmoqda.