Xorazm viloyati, Yangibozor tumani Bog'olon mahallasi, O'rikzor ko'chasi 5-uy

blog

Maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqi beriladi.

Shuningdek, farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 sentyabrdan:

-tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktab faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi;

-hududlarda eng tajribali maktab direktorlaridan iborat Direktorlar kengashlari tuziladi;

-maktab direktorlari Direktorlar kengashi tavsiyasiga asosan hududiy boshqarmalar tomonidan ochiq tanlov asosida lavozimga tayinlanadi.

 -2024-yil 1-yanvardan maktab direktorlarini har 5 yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. 

Bunda, sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

 Farmonga muvofiq, quyidagilar bekor qilinadi:

-ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar) ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti;

-jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo‘llanma berish tartibi.

 2024-yil 1-yanvardan:

-️bola tug‘ilganidan so‘ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo‘yiladi;

-️maktablarning har o‘quv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

 Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yilidan “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilinadi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangibozor tumani Bog'olon mahallasi, O'rikzor ko'chasi 5-uy
  • +998 (93) 758-50-27
  • info@yangibozor14-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2023    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Yil dasturi

Maktab manzili