
Bugun 31-avgust kuni Yangibozor tumani Yuridik xizmat ko’rsatish markazi va tuman Bandlikka ko’maklashish markazi tomonidan Òzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi mehnat kodeksi va elektron tizimlar bilan ishlash bo’yicha tumandagi maktablarning kadrlar bo’yicha menejerlariga seminar tashkil qilindi. O'quv-amaliy seminari buyruq osti hujjatlarini tayyorlash, tashkilotdagi mavjud bo’sh o’rinlari hisobitini yuritish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–79-son Farmoni ijrosi ta’minlashga qaratilgan. O'quv-amaliy seminari savol-javoblarga boy bo'lib qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

